Banklarning kredit portfeli 500,6 trillion so‘mni tashkil qildi

Foto: kun.uz

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 1-avgust holatiga banklarning kredit portfeli 500,6 trillion so‘mni tashkil qilgan.

Iyul oyida umumiy kredit portfeli 6,7 trillion so‘mga, yil boshidan beri esa 29,2 trillion so‘mga ko‘paydi (yillik o‘sish darajasi 6,2 foizni tashkil qilmoqda).

Kredit portfelining oshishi davlat banklarida 2,8 trillion so‘mni, boshqa banklarda 3,9 trillion so‘mni tashkil qilgan.

Portfelda muammoli kreditlar qoldig‘i ulushi 20,8 trillion so‘mni yoki 4,2 foizni tashkil qilmoqda. Iyun oyidagi kamayishdan so‘ng, iyul oyida muammoli kreditlar qoldig‘i 820 milliard so‘mga ko‘paygan.

Muammoli kreditlarning ortishi asosan Ipotekabank (652 mlrd so‘m) va O‘zmilliybank (545 mlrd so‘m) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.