O‘zbekistonliklar 6 oyda bankomatlar orqali 90 trln so‘m pulni naqdlashtirgan
2024 yilning birinchi yarim yilligida bank kartalariga 468 trln co‘m mablag‘lar kirim qilingan bo‘lib, bu 2023 yilning mos davriga nisbatan 1,3 barobarga oshgan. Bu haqda Markaziy bank taqdim etgan sharhda aytiladi.
Shuningdek, ushbu davrda bank kartalaridagi 107 trln so‘m pul mablag‘lari naqdlashtirib olingan. Naqdlashtirilgan mablag‘larning 90 trln so‘mi bankomatlar orqali yechib olingan.
Bank kartalarga kelib tushgan mablag‘larning yilning birinchi choragida naqdlashtirib olinishi ulushi yildan yilga kamayib bormoqda. Xususan, joriy yilda bank kartalaridagi 23 foiz mablag‘lar yechib olingan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2023 yilda 24 foizni va 2022 yilda 28 foizni tashkil qilgan.
Ulashish:
Sharhlar