Samarqandda ko‘p qavatli uydagi xonadonida basseyn qurib olgan shaxs jarimaga tortildi
Aholi murojaatiga asosan Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida Samarqand shahri “Sug‘diyona” mahallasidagi 67-A sonli ko‘p qavatli uyning 10-qavat pentxaus qismida o‘zboshimchalik bilan basseyn qurilganligi aniqlandi. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi xabar bermoqda.
Ushbu qurilma ko‘p qavatli uyning loyihasida nazarda tutilmagan bo‘lib, seysmik hodisa vaqtida binoning tebranishini kuchaytirib, uyning mustahkamligiga zarar yetkazishi mumkin.
Inspeksiya xodimlari tomonidan mulkdorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 159-moddasiga asosan ma’muriy jarimalar qo‘llanildi va noqonuniy qurilmani bartaraf etish yuzasidan majburiy ko‘rsatmalar berildi.
Berilgan vaqt ichida mulkdor holatni oʻz ixtiyori bilan bartaraf qilib, oldingi holatiga qaytarmasa, unga nisbatan tegishli tartibda bartaraf etish yuzasidan fuqarolik ishlari boʻyicha sudga davo arizasi kiritilishi tushuntirildi.
Sharhlar