“Baxti Toshkentskiy” ishi bo‘yicha sudlanuvchilardan biri sud hukmidan bir kun o‘tib vafot etdi
Bir qator jinoyatlarda ayblangan Baxtiyor Qudratullayev va yana 36 nafar fuqaroga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha sud jarayoni yakunlandi.
“Baxti Toshkentskiy”ga yaqin bo‘lgan jinoyatchi Shukurali Qurbonov hukm e’lon qilinganidan bir kun o‘tib vafot etdi. Unga 8 yilu ikki oy qamoq jazosi tayinlangan edi.
Kun.uz xabariga ko‘ra, 60 yoshli Qurbonovga o‘tkir miokard infarkti tashxisi qo‘yilgan.
Shukurali Qurbonov Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 3-qismi “a”, “v” bandlari (uyushgan guruh tomonidan yoki ularning manfaatlarini ko‘zlab, o‘ta yirik miqdorda tovlamachilik qilish) va 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi “a”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgandi.
U jazoni umumiy rejimli koloniyada o‘tashi kerak edi.
Sharhlar