Baxtiyor Saidov Hindiston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Hindiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar bilan uchrashdi.
“BMT Bosh Assambleyasining 79-sessiyasi doirasida Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar janoblari bilan uchrashdik. Qizg‘in kun tartibimizdan transport aloqasi sohasidagi hamkorlik, tovar ayirboshlashning ijobiy tendensiyalari, “Markaziy Osiyo – Hindiston” to‘rtinchi vazirlar uchrashuvini o‘tkazish, shuningdek, BMT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlik masalalari o‘rin oldi”, – dedi vazir.
Ulashish:
Sharhlar