Baxtiyor Saidov O‘mon Bosh vaziri o‘rinbosari bilan uchrashsdi
26-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O‘mon Bosh vaziri o‘rinbosari, Sulton Haysam ibn Tariq Ol Saidning maxsus vakili Asad bin Toriq Ol Said bilan uchrashuv o‘tkazdi.
“O‘mon Bosh vaziri o‘rinbosari, Sulton Haysam ibn Tariq Ol Said Hazrati Oliylarining maxsus vakili Asad bin Toriq Ol Said Janobi Oliylari bilan uchrashishdan mamnunmiz. O‘zbekiston-O‘mon munosabatlarini barcha jabhalarda yangi bosqichga ko‘tarish yo‘lidagi samimiy qo‘llab-quvvatlash uchun Hazrati Oliylaridan minnatdormiz. Muloqotimiz davomida keng qamrovli kun tartibimiz dinamikasini yanada oshirish, ishbilarmon doiralar o‘rtasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, muntazam almashinuvlarni qo‘llab-quvvatlash, sheriklikning huquqiy asoslarini mustahkamlash, o‘zaro turizmni rivojlantirish va boshqa ko‘plab masalalarga e’tibor qaratdik” – deyiladi xabarda.
Sharhlar