Bayram kunlarida Toshkent metropoliteni qanday jadval bo‘yicha faoliyat ko‘rsatadi

Фото: "Тошкент метрополитени" ДУК (Ситуативное)

О‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligini nishonlash arafasida Transport vazirligi poytaxt metropolitenining ish tartibini e’lon qildi.

2024-yilning 31-avgustidan 1-sentyabriga qadar metro ish kunlaridagi jadval bo‘yicha ishlaydi.

2-3 sentyabr kunlari poezdlar dam olish kunlari jadvali bo‘yicha harakatlanadi.

Bundan tashqari, poytaxt metropoliteni beshta: “Milliy bog‘”, “Mashinasozlar”, “О‘zbekiston”, “G‘afur G‘ulom” va “Yunus Rajabiy” bekatlarida ikkinchi vestibyullar ochilishi haqida e’lon qildi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.