Bayroqdor Abdumalik Xalokov Olimpiya oʻyinlarini muvaffaqiyatli boshladi. Gulnoza Matniyazova esa imkoniyatni qo’ldan boy berdi
Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Abdumalik Xalokov (-57 kg) ham ishtirokini gʻalaba bilan boshladi. Ikkinchi davradan bahslarga kirishgan sportchi shvetsiyalik Nabil Ibrohimga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va chorak finalga yoʻl oldi.
Endi u yarim final yoʻllanmasi uchun Mahmud Sabirxan (Qozogʻiston) / Xose Kuiles (Ispaniya) juftligining gʻolibi bilan bellashadi.
Shuningdek, dzyudochi Gulnoza Matniyazova Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlaridagi ishtirokini yakunladi. Ikkinchi bosqichda yaponiyalik Saki Nizoe bilan bellashgan sportchi imkoniyatni boy berdi.
Ulashish:
Sharhlar