Farg‘onada quvvati 80 MVt bo‘lgan FES qurilishi rejalashtirilmoqda

Фото: пресс-служба хокимията Ферганской области

Turkiyalik investorlar Farg‘ona viloyatida fotoelektr stansiyasini qurish niyatida, deya xabar beradi viloyat hokimligining matbuot xizmati.

16-sentyabr kuni viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Turkiya prezidenti huzuridagi Turizm qo‘mitasi a’zosi Ibrohim Uzer bilan uchrashuv o‘tkazdi, unda turkiyalik ishbilarmonlar ishtirokida energetika, ijtimoiy soha va tibbiyot sohalaridagi loyihalar muhokama qilindi.

Farg‘onaning “Yangi O‘zbekiston” massivida quvvati 80 MVt bo‘lgan quyosh elektr stantsiyasi quriladi. Obyektning maydoni 80 million kvadrat metrni, yillik elektr energiyasini ishlab chiqarish esa 150 mln kVt/soatni tashkil etadi. Shuningdek, energiya saqlash tizimlarini yaratish ham rejalashtirilgan.

Loyihaning qiymati 57 million yevroga baholanmoqda, kuzda investitsiya shartnomasi va Milliy elektr tarmoqlari bilan elektr energiyasini majburiy sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolanadi.

“Yashil” loyihaga tayyorgarlik noyabr oyining oxirigacha yakunlanadi va uni amalga oshirish 2025-yilning uchinchi choragiga rejalashtirilgan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.