O‘zbekistonlik yigit Turkiyaga ketib bedarak yo‘qoldi
O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Turkiyaga ketib bedarak yo‘qolgan fuqaro qidirilayotganini ma’lum qildi.
Yaqin qarindoshlarining murojaatiga ko‘ra, 1999-yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan Norsoidov Doston Uktam o‘g‘li 2022-yil oktabr oyida Turkiyaga ketgan.
Ushbu fuqaro to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lganlardan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga (0212) 323-20-37 telefon raqami yoki [email protected] orqali xabar berishlari so‘raldi.
Ulashish:
Sharhlar