“Bekobod-avto” chegara bojxona postida 2 milliard so‘mlik “tilla”lar qo‘lga olindi
Viloyat bojxonachilari tomonidan Toshkent viloyati Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda qimmatbaho metalllardan yasalgan zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi. Bu haqda Bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar qilyapti.
“Bekobod-avto” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan ikki nafar fuqaro bojxona xodimlari tomonidan belgilangan tartibda shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganida fuqarolarning bel qismiga matoga o‘rab yashirilgan umumiy qiymati salkam 2 mlrd so‘mlik 1 696 gr. zargarlik buyumlari borligi aniqlandi”, – deyiladi xabarda.
Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar