Bekobodda halok bo‘lgan TET xodimining oilasiga kompensatsiya to‘lanmadi, biroq Davlat mehnat inspeksiyasi vaziyatni hal qildi
Bekobodda Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan tashkilotning vafot etgan xodimi oilasiga kompensatsiya to‘lanishiga erishildi, deya xabar beradi Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining matbuot xizmati.
2023-yil 12-mart kuni Bekobod shahar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ energiya ta’minoti tashkiloti xodimi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa natijasida halok bo‘lgandi. Tashkilot marhumning oilasiga 340 million so‘m tovon puli to‘lashi kerak edi, biroq bu amalga oshirilmadi.
Davlat mehnat inspeksiyasining aralashuvi marhumning oilasi foydasiga moddiy tovon undirilishiga yordam berdi.
Ulashish:
Sharhlar