Toshkentda ikkita mashina chorrahada to‘qnashib ketdi, haydovchi va yo‘lovchi jarohatlandi

Foto: Toshkent shahar IIBB

Joriy yilning 18-oktabr kuni soat 17:50 larda Bektemir tumani Husayn Boyqaro va Bektemir shoh ko‘chalari chorrahasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati.

Haydovchi 1979-yilda tug‘ilgan U.K. boshqaruvida bo‘lgan Spark rusumli transport vositasi va haydovchi 2000-yilda tug‘ilgan M.S. boshqaruvida bo‘lgan Damas rusumli transport vositalari to‘qnashib ketgan.

YTH natijasida Damas rusumli avtomashina haydovchisi va yo‘lovchisiga birinchi yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.