14 toifadagi bemorlarga dori vositalari bepul tarqatildi

Foto: xabar.uz

14 toifadagi shaxslarga joriy yilning 1-choragida 96 892 ta retsept orqali 5,73 mlrd.so‘mlik dori vositasi va tibbiyot buyumlari bepul berilgan.

Ushbu toifaga onkologik, sil, moxov, endokrinologik, ruhiy kasalliklarga chalinganlar, OIV kasalligini yuqtirganlar, yurak klapanini protezlash va organlarni ko‘chirish yuzasidan operatsiya qilingan shaxslar, dasturli gemodializ oluvchi bemorlar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensionerlar, ikkinchi jahon urushi oqibatida nogiron bo‘lgan shaxslar va urush qatnashchilari, ularga tenglashtirilgan shaxslar va urush mehnat fronti qatnashchilari, Chernobil AESi falokatini tugatishda ishtirok etgan shaxslar jumlasiga kiruvchi nogironligi bo‘lgan shaxslar, baynalminalchi jangchilar, harbiy xizmatni yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar kiradi.

Kompaniya tomonidan 2024 yilning 1-choragi davomida 10,1 mlrd. so‘mlik ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari xarid qilingan.

2023-yil davomida 962,6 mln. so‘mlik dori vositalari elektron retsept orqali bemorlarga bepul berilgan bo‘lsa, 2024-yilning birinchi choragi davomida 108,8 mln. so‘mlik dori vositalari elektron retsept orqali bemorlarga bepul berilgan.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.