Berkitilgan tamaki mahsulotlari fosh etildi
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara bojxona posti orqali so‘ngi 10 kun mobaynida qo‘shni davlatdan O‘zbekistonga o‘tish uchun kirib kelgan 5 ta avtotransport vositalarining ko‘zga ko‘rinmas joylarida yashirilgan turli nomdagi tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.
“Ayritom” chegara bojxona postiga kirib kelgan DAF rusumli avtotransport vositasining zaxira shinalari ichiga berkitilgan 1000 quti qiymati 42 mln so‘mlik “Esse change” nomli sigaret mahsulotini olib o‘tayotganda to‘xtatib qolingan.
Shuningdek, yana 4 ta holatda 4 ta yuk avtotransport vositasilarining turli qismlariga yashirilgan hamda aksiz markasi bilan markalanmagan qiymati 69 million 400 ming so‘mlik jami 1700 quti turli nomdagi tamaki mahsulotlari borligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Sharhlar