Berlinda rossiyalik muxolifatchilar Yuliya Navalnaya, Ilya Yashin va Vladimir Kara-Murza tomonidan tashkil etilgan urushga qarshi miting bo’ldi. Bu Rossiyadan quvg‘inda bo‘lgan muxolifatchilar tomonidan tashkil etilgan birinchi yirik birlashgan namoyishdir.
Marsh qatnashchilari Rossiya qo‘shinlarini Ukrainadan olib chiqishni, Rossiya prezidenti Vladimir Putin ustidan sud o‘tkazishni va siyosiy mahbuslarni ozod qilishni talab qilishmoqda. Namoyishchilar Berlindagi hukumat kvartalidan Brandenbur darvozalari yonidagi Rossiya elchixonasigacha yurish rejalashtirishgan. BBC ma’lumotlariga ko‘ra, namoyishga minglab odamlar yig‘ilgan.
Namoyishda Rossiyada “xorijiy agent” deb e’lon qilingan va boshqa siyosiy mahbuslar bilan birga mamlakatdan chiqarilgan Ilya Yashin so‘zga chiqdi.
“Putin — bu Rossiya emas. Rossiya — bu biz. Va biz urushga qarshimiz”, — degan o’z nutqida Ilya Yashin.
Namoyishchilar “Rossiya ozod bo‘ladi” va “Siyosiy mahbuslarga ozodlik” kabi shiorlar bilan uning so’zlariga qo’shilmoqda.
If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.
Sharhlar