“Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari tashkil etiladi

Фото: НОК

“Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya fani o‘qitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-392-son, 15.11.2024) qabul qilindi.

Qaror bilan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga malaka toifasi berishning yangi tartibi ishlab chiqiladi.

Qarorga ko‘ra, 2025-yil:

  • 1-martga qadar boshlang‘ich, o‘rta va yuqori sinf o‘quvchilari yosh toifasi bo‘yicha harakatli o‘yinlar, olimpiya va ommaviy sport turlariga ustuvorlik berish orqali sport turlari ro‘yxati shakllantiriladi;
  • 1-iyunga qadar maktab o‘quvchilarining sport musobaqalaridagi ishtiroki, maktab sport klublarining faoliyati, o‘quvchilarni sportga qamrab olinganlik darajasini aniqlash yuzasidan reyting tizimi ishlab chiqiladi;
  • 1-mayga qadar maktab sport klublari a’zolari uchun Zomin tumani “Lochin” dam olish maskanida o‘quvchilarni sport musobaqalariga tayyorlash bazasi tashkil etaladi;
  • 1-iyulga qadar jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash bo‘yicha milliy baholash tizimi ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi.

2025/2026 o‘quv yilidan boshlab:

  • 5–11-sinflar jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun o‘quv-metodik qo‘llanmalar ishlab chiqiladi;
  • har bir maktabda bosqichma-bosqich maktab sport klublari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
  • har yili an’anaviy tarzda maktablar o‘quvchilari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari tashkil etiladi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.