Bugun O‘zbekistonning 8 nafar sportchisi Olimpiya o‘yinlarida qatnashadi
Bugun, 31-iyul kuni Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarining beshinchi kun doirasidan oʻrin olgan bellashuvlar boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekiston delegatsiyasi 4 sport turida 8 nafar atlet bilan ishtirok etadi, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Xususan, akademik eshkak eshish bo‘yicha musobaqalarda Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev qatnashadi. Musobaqalar Toshkent vaqti bilan 12:00 da boshlanadi.
Dzyudo bo‘yicha musobaqalarda O‘zbekiston sharafini Davlat Bobonov (-90 kg) va Gulnoza Matniyozova (-70 kg), boks bo‘yicha esa Abdumalik Xalokov (-57 kg) va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (-71 kg) himoya qiladi.
Kamondon otish musobaqalarida Amirxon Sodiqov va Ziyodaxon Abdusattorova qatnashadi.
Sharhlar