Toshkentda beshta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Foto: Shutterstock

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida beshta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda poytaxt IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi.

7-oktabr kuni soat 22:10 larda Uchtepa tumani Lutfiy ko‘chasida 24 yoshli I.I. boshqaruvidagi Nexia-3, 34 yoshli A.X. (ayol) boshqaruvidagi Lacetti, 40 yoshli J.B. boshqaruvidagi Lacetti, 30 yoshli A.A. boshqaruvidagi Spark hamda 48 yoshli X.H. boshqaruvidagi YUTONG rusumli transport vositalari to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.