Bir guruh harbiylar ulug‘ bayram arafasida mukofotlandi

Foto: Norma.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni bilan prokuratura organlarida xizmat qilayotgan bir guruh xodimlari ham mukofotlandi:

“Jasorat” medali bilan

Mo‘minov Xurshid Toshmurotovich – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan

Abdurahmonov Yaxyo Abdug‘aniyevich – Yunusobod tumani prokurori

Norqabilov Xudoyberdi Rabbimovich – Navoiy shahar prokurori

Fazilov Jaxangirjon Tulqinovich – Farg‘ona viloyati prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i

Yusupov Sa’dullo Nasrulloyevich – Samarqand viloyati prokuraturasi bo‘lim katta prokurori

“Shuhrat” medali bilan

Maxmudov Alisher Abdusalimovich – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshlig‘i

Ergasheva Barno Shokirjanovna – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani bo‘limi davlat ijrochisi

Mukofotlanganlarning to‘liq ro‘yhati bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.