Bir kishiga 4 tadan ortiq saylov byulletenlarini bergan o‘qituvchi jarimaga tortildi

Фото: Anhor.uz

29-oktabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Dang‘ara tuman sudida 38 yoshli ayol o‘qituvchi saylov qonunchiligini buzgani sabab jazoga tortildi. Bu haqda Oliy sud portalida ma’lumot keltirilgan.

Aniqlanishiga ko‘ra, ayol 2024-yil 26-avgustdagi qarorga muvofiq, 541-saylov uchastkasida saylov komissiyasi a’zosi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. 2024-yil 27-oktabrda o‘tkazilayotgan saylovda, M. A. boshqa shaxslar nomidan fuqaro M. Murodovga 4 tadan ortiq saylov byulletenlarini berib, saylov qonunchiligini buzgan.

M.A. sudda o‘z harakatlarini tan olib, pushaymon bo‘lgani haqida ko‘rsatma berdi. Sud, M.A. tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlikni MJtKning 51-10-moddasi bilan malakalash to‘g‘risida xulosa qilgan va uni ma’muriy jazoga tortish zarurligini belgilagan.

Sud qarori bilan M A. BHMning bir baravari 375 ming so‘m miqdorida jarimaga tortilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.