Bir yil ichida Rossiyani 2 milliondan ortiq muhojir tark etgan
Ayni paytda mamlakatda 6,17 million chet el fuqarosi roʻyxatga olingan, deb xabar qildi Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya masalalari bosh boshqarmasi .
Shu bilan birga, 2023 yil davomida Rossiyada 8,5 milliondan ortiq xorijlik migratsiya uchun ro’yxatdan o’tgan.
Iyul oyida Rosstat Rossiya Federatsiyasiga migrantlar oqimi so‘nggi 10 yildagi eng past darajaga tushgani haqida xabar bergan edi. Mart oyida Moskva yaqinidagi Crocus City Hall konsert zalida Tojikiston fuqarolari ayblangan teraktdan keyin Rossiya hukumati migratsiya siyosatini kuchaytira boshladi. Tojikiston va Qirg‘iziston hukumati o‘z fuqarolariga Rossiya Federatsiyasiga “sayohat qilishdan tiyilish”ni tavsiya qildi
Sharhlar