Toshkent shahar hokimining moliya masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari tayinlandi
Baxtiyor Xaydarov Toshkent shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda hokimlik Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Baxtiyor Xaydarov 1989-yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan. 2010-yilda Toshkent moliya institutini bakalavriat, 2012-yilda magistratura yo‘nalishlarida tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2009-yilda boshlab, qator mas’uliyatli vazifalarni bajarib kelgan. Shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy sohada muhim tashabbuslarni ishlab chiqish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Ulashish:
Sharhlar