O‘zbekiston va Qirg‘iziston Birinchi xonimlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Фото: ЎзА

Ko‘ksaroy qarorgohida Qirg‘iziston Prezidentining O’zbekistonga davlat tashrifi doirasida ikki mamlakat Birinchi xonimlari Ziroat Mirziyoyeva va Oygul Japarovaning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi O’zA.

Davlat rahbarlarining rafiqalari qardosh xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlik rishtalarini mustahkamlash, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashdilar.

Birinchi xonimlar Qibray tumanidagi “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotiga ham tashrif buyurdilar. Bu yerda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga reabilitatsiya xizmatlari ko‘rsatiladi. Loyiha doirasidagi birinchi muassasa 2019-yilda Nukusda, keyin Qarshi va Zarafshonda ochilgan, kelajakda butun respublika bo‘ylab tashkil etish rejalashtirilgan.

Ziroat Mirziyoyeva va Oygul Japarova bolalar uchun yaratilgan sharoitlarni yuqori baholab, ushbu ezgu g‘oyani amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tiladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.