Bishkekdan Toshkentga yangi reys yo‘lga qo‘yilmoqda

Фото: uzairways

Qirg‘izistonning TezJet aviakompaniyasi Bishkek — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlarini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Birinchi parvoz 2024-yil 3-sentabrga belgilangan.

Bishkek — Toshkent — Bishkek yo‘nalishi bo‘yicha havo qatnovlari haftasiga to‘rt marta — seshanba, chorshanba, juma va shanba kunlari McDonnell Douglas MD-80 (M83) samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

“TezJet” 2013-yilda tashkil etilgan Qirgʻiziston aviakompaniyasi boʻlib, “Manas” aeroportida (Bishkek) joylashgan va Qirgʻiziston shaharlariga parvozlarni amalga oshiradi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.