Bitta hokim o‘rinbosarida 3 mln dollar

Foto: ochiq manba

Andijon viloyati hokimi sobiq o‘rinbosari — viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i Botirjon Hamroyevga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Uning xonadonida o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida budjet mablag‘lari talon-toroj qilinishi, mansab vakolatini suiiste’mol qilish va boshqa holatlar bo‘yicha tergovga chaqirtirilgan va protsessual tartibda ushlangan.

Manbaning qayd etishicha, uydagi tintuv vaqtida uch million dollar miqdoridagi mablag‘ topilgan.

Hamroyev 2019 yildan buyon viloyat hokimi o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borayotgandi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.