O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Indoneziya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

Foto: ochiq manba

4-noyabr kuni O‘zbekistonning Indoneziyadagi elchixonasiga Oybek Eshonov yangi elchi etib tayinlangani haqida xabar bergan edik. Bugun, Oybek Eshonov Indoneziya prezidenti Subianto Probovo bilan uchrashib, unga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Unga ko‘ra, marosimning rasmiy qismi yakunlangach, qisqa suhbat chog‘ida davlatimiz rahbari Indoneziya O‘zbekiston bilan do‘stlik, o‘zaro hurmat va manfaatlarni hisobga olish tamoyillariga asoslangan munosabatlarini qadrlashini ta’kidladi.

Indoneziya prezidenti savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda, shuningdek, turizm sohasida ikki tomonlama sheriklikni chuqurlashtirish uchun ulkan zaxiralar va foydalanilmagan salohiyat mavjudligini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida Subyanto Probovo O‘zbekiston prezidentiga o‘z ehtiromi va eng ezgu tilaklarini yetkazishni so‘radi

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.