Biznes boshlamoqchi bo‘lgan ayol 50.000 AQSH dollariga “uxladi”

Foto: kiberxavfsizlik

Toshkent shahrida yashovchi ayol E.N. ariza bilan murojaat qilib, o‘zining bank kartasidagi 50.000 AQSH dollari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi ayol T.M. sodir etganligi aniqlangan.

Unga ko‘ra, T.M., jabrlanuvchi E.N. bilan telegram messenjeridagi guruhlarning birida tanishib, biznes hamkorlikni taklif qilgan va uni ishontirib, aldov yo‘li bilan 50.000 AQSH dollari miqdoridagi pul mablag‘larini o‘tkazib olgan va mazkur pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan M.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.