“Bizning ichki ishlarimizga aralashmanglar”, — Alisher Qodirov RF Tashqi ishlar vazirligiga javob berdi

Фото: Олий Мажлис

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Axborot va matbuot departamenti direktori Mariya Zaxarova Toshkent maktablaridan birida rusiyzabon bola bilan yuz bergan voqeaga izoh berdi. Rossiya О‘zbekistondan rasmiy izoh so‘radi.

О‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati Alisher Qodirov bo‘lib o‘tgan voqealarga izoh berib, Rossiya tomoniga О‘zbekistonning ichki ishlariga aralashmaslik va o‘zining muammolarini hal etishga e’tibor qaratishni qat’iy tavsiya qildi.

U О‘zbekistondagi maktabda О‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan bolaning huquqlari poymol etilgani va “О‘zbekiston xalqi nomidan qabul qilingan qonunlar asosida chora-tadbirlar ko‘rilishini” ta’kidladi.

“Ular to‘liq o‘z ichki ishlari bilan shug‘ullanib, bizning ichki ishlarimizdan tashvish chekmasalar, to‘g‘ri bo‘lardi”, — deya ta’kidladi Alisher Qodirov.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.