Bloger Nigina Meliqo‘ziyeva mashinadagi xavfli harakatlari uchun jarimaga tortildi (video)
Ijtimoiy tarmoqda Lacetti rusumli avtomashina haydovchisi o‘zi va o‘zgalarning hayotini xavf ostiga qo‘yib, harakat davomida keskin manyovrlar va avariyaviy xavfli holat qilib harakatlanganligi aks etgan video tarqaldi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB YHXB.
Video Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘rganilib, ushbu Lacetti avtomashinasi haydovchisi 2003-yilda tug‘ilgan N.M.ga nisbatan qoidabuzarligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 128⁵-moddasiga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi hamda haydovchi bilan profilaktik suhbat olib borildi. Ushbu modda BHMning 10 baravari — 3,4 mln so‘m miqdorida jarimani ko‘zda tutadi.
“Gazeta.uz” yozishicha, gap bloger Nigina Meliqo‘ziyeva haqida bormoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda uning Lacetti avtomashinasida yuqori tezlikda ketayotib, yo‘l tor va tirband bo‘lishiga qaramay bir nechta qatnov chiziqlari bo‘ylab xavfli harakatlar (xalq orasida «shashka» deb ataladi) amalga oshirgani aks etgan videosi tarqalgan.
Sharhlar