O‘zbekistonda bloger Sherali Komilov hibsga olindi
O‘zbekistonda Youtube’dagi Detektiv.uz kanalini yurituvchi bloger Sherali Komilov hibsga olindi. Bu haqda “Ezgulik” huquqni himoya qilish jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanov ma’lum qildi.
15-iyul kuni soat 17 lar atrofida Toshkent viloyati Qibray tumani Do‘rmon aholi punktida bloger Sherali Komilov hibsga olindi, deyiladi xabarda.
U Qashqadaryo viloyati IIB Tergov bo‘limi tomonidan bir yil avval e’lon qilingan ayblov va kidiruv doirasida hibsga olingan. Blogerning avval Qibray tumani IIBga, so‘ng O’zbekiston Respublikasi IIVning 1-sonli tergov izolyatoriga olib ketilgani aytilmoqda.
Qashqadaryo viloyati IIB Tergov bo‘limi tergovchisi sanksiyasi bilan Sherali Komilov istiqomat qilgan xonadonda tintuv o‘tkazilgan. Tintuv davomida Komilovga tegishli ashyolar, texnikalar surishtiruv organi tomonidan olib ketildi.
Guvohlarga ko‘ra, blogerni qo‘lga olish jarayonida 15 nafarga yaqin IIO xodimlari qatnashgan.
Bloger Qashqadaryo viloyatiga etap qilinishi mumkin, unga nisbatan viloyat IIB tomonidan firibgarlik, tuhmat va haqorat singari ayblovlar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U so‘ngi bir yil davomida tergovdan yashirinib kelgan.
Tergov organini tergov jarayonida protsessual normalarga qat’iy amal qilishga chaqiramiz, deyiladi xabarda.
Sherali Komilov 1979 yilda Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Qaynar qishlog‘ida tug‘ilgan. Dastlab huquqni muhofaza qilish orgnalarida, so‘ng xususiy tadbirokrlik va blogerlik faoliyati bilan shug‘ullangan.
Sharhlar