Bloger Ilya Varlamovga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Moskva prokuraturasi bloger Ilya Varlamovga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atishni talab qildi. Bu haqda prokuratura xabarida aytiladi.
Xabarda aytilishicha, Varlamov “xorijiy agent” faoliyati tartibini buzgani uchun bir yil davomida ikki marta ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Shu bilan birga, ta’kidlanishicha, Varlamov “Rossiya Federatsiyasi qonunchiligi talablarini buzgan holda” ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini “xorijiy agent” deb e’lon qilingani to‘g‘risidagi belgisiz xabarlarni chop etishda davom etgan.
Ayni paytda Ilya Varlamov Rossiyada yashamaydi.
Avvalroq u o‘zining Telegram-kanalida O’zbekiston poytaxtiga ko‘chib o‘tishga tayyorligini yozgan edi.
Ulashish:
Sharhlar