Bloger Murod Maxsudov 7,5 yilga qamaldi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining 2024-yil 4-iyundagi hukmiga muvofiq 42 yoshli bloger Murod Maxsudov 7,5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda “Toshkent shahar sudlari” rasmiy kanali xabar bermoqda.
Bloger Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 1-qismi va 2-qismi bo‘yicha Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 2-qismi bilan aybsiz deb topilib, reabilitatsiya etildi.
Ammo Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 3-qismi “a”, “g” bandlari, 165-moddasi (tovlamachilik) 2-qismi “b” bandi va 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 2-qismi “b”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 7 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.
Sharhlar