BMT bosh kotibi Yakkasaroy tumanidagi Dilbuloq mahallasiga bordi
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish poytaxtimizning Yakkasaroy tumanidagi Dilbuloq mahallasiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Mehmonga O‘zbekistonda mahalla instituti tizimi haqida batafsil ma’lumot berildi. Bu yerda yaratilgan sharoitlar xususida alohida to‘xtalib o‘tildi. Jumladan, ish bilan ta’minlash, yoshlarni ta’limga yo‘naltirish, yakka tartibdagi tadbirkorlik shoxobchalari faoliyati bilan tanishildi. Antoniu Guterrish mahalla faollari bilan ham samimiy suhbatlashdi.
Ulashish:
Sharhlar