BMT: O‘zbekiston janubi qishloq xo‘jaligi uchun yaroqsiz holatga keladi

Фото: BES.media

BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi o‘n yil ichida Qozog‘iston va O‘zbekiston janubi qishloq xo‘jaligi uchun yaroqsiz holga kelishidan ogohlantirdi.

Barqaror energetika komissiyasi raisining o‘rinbosari Cho‘qon Laumulin mintaqada o‘rtacha yillik havo harorati +43° gacha ko‘tarilishi, asosiy masala iqlim o‘zgarishi bo‘lishini aytdi.

Unga ko‘ra, Qozog‘iston va O‘zbekistonning janubi qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanish uchun imkonsiz bo‘lgan hududlarga aylanadi, bu esa ommaviy migratsiya va mojarolarga olib keladi. Laumulinning ta’kidlashicha, o‘n yildan keyin iqlim o‘zgarishi muhokama qilinadigan eng muhim mavzuga aylanadi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.