BMT: Rossiya va KXDR o‘rtasidagi harbiy hamkorlik “xavfli keskinlashuvga” olib keladi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Shimoliy Koreya qo‘shinlarining Ukrainaga qarshi urushda qatnashish uchun Rossiyaga yuborilgani haqidagi xabarlardan xavotir bildirdi. “Ushbu mojaroning xalqaro miqyosda tus olishiga yo’l qo’ymaslik uchun hamma narsani qilish kerak”, deyiladi uning bayonotida.
Guterrish, shuningdek, “Ukrainada BMT Nizomi, xalqaro huquq va Bosh Assambleya rezolyutsiyalariga muvofiq adolatli, doimiy va keng qamrovli tinchlikka erishishga qaratilgan barcha sa’y-harakatlarni” qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.
Janubiy Koreya maʼlumotlariga koʻra, Shimoliy Koreya allaqachon Rossiya Federatsiyasiga kamida 11 ming askarini joylashtirgan. NATO Bosh kotibi Mark Ruttening aytishicha, bu Hind-Tinch okeani mintaqasida ham, Yevro-Atlantika hududida ham xavfsizlikka tahdidlarni keltirib chiqaradi.
Sharhlar