Bo‘stonliqda brakoner Qizil kitobga kiritilgan tog‘ echkisini o‘ldirdi

Фото: Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi

4-noyabr kuni Toshkent viloyatida ov qilish uchun ruxsatnomasiz o‘z quroli bilan noyob tog‘ echkisini otgan shaxs qo‘lga olindi.

Huquqbuzar – Bo‘stonliq tumanida yashovchi fuqaro bo’lib, u tabiatga 16 million 875 ming so‘m miqdorida zarar yetkazgan, deb xabar beradi viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati.

Ekologiya inspektorlari tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 90-moddasi 3-qismi (ov va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanish qoidalarini buzish) bilan bayonnoma tuzildi. Ish sudga yuborilgan, qurol tuman IIBga topshirilgan. Erkak katta jarimaga tortiladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.