O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov 84 yoshida vafot etdi
O‘zbekiston, Turkmaniston va Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq artisti Bobomurod Hamdamov 84 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar bermoqda.
Bobomurod Hamdamov o‘zbek milliy qo‘shiqchilik san’atining rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shib, bir nechta o‘lmas asarlar yaratdi va tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi. Ayniqsa uning “Sulton Jaloliddin”, “Kim ekan”, “Devona”, “Galdimu”, “Qo‘rqdim” kabi qo‘shiqlari keng ommalashib, xalq qalbida munosib o’rin egalladi.
Ta’kidlanishicha, Bobomurod Hamdamov buyuk hofiz Komiljon Otaniyozovning munosib izdoshi edi. Uning qoʻshiqlari va ijodi oʻzbek sanʼatining “oltin fondi”ga kiritilgan bo’lib, yorqin xotirasi muxlislar qalbida mangu yashaydi.
Sharhlar