Toshkentda Bobur ko‘chasining bir qismi vaqtinchalik yopiladi
Bobur ko‘chasining bir qismi avtomobillar harakati uchun vaqtincha cheklanadi, deb xabar bermoqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MChJ.
Toshkent shahridagi iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash maqsadida Yakkasaroy tumanining Bobur ko‘chasi Shota Rustaveli ko‘chasi bilan kesishmasidan Nukus ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismida 110 kV li yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Shu sababli, joriy yilning 18-sentabr kunidan 5-oktabr kuniga qadar Bobur ko‘chasining ushbu qismida avtotransport vositalarining harakati cheklanishini ma’lum qilamiz, deyiladi xabarda.
Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etildi.
Sharhlar