Bog’chada bolaga boshqa bog’cha tarbiyalanuvchisining otasi tomonidan jarohat yetkazildi

Foto: Bolalar ombusdmani

Ijtimoiy tarmoqlarda bog‘chada bolaga jarohat yetkazilganligi aytilayotgan video tarqaldi. Holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 2024-yil 24-iyun kuni Buxoro viloyati Olot tumani Tibbiyot birlashmasi navbatchi shifokori G.H. IIB ga xabar berib, tumandagi maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchisi, 2019-yilda tug‘ilgan A.Yu. tan jarohati bilan olib kelinganligini bildirgan.

O‘tkazilayotgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida aniqlanishicha, 24-iyun kuni mazkur bog‘chada bo‘lgan A.Yu. boshqa bola, A.S. (2019-yilda tug‘ilgan) bilan urishgan, shu sababli A.S. ning otasi X.F. A.Yu. ni yuziga urib, jarohat yetkazgan.

Hozirda bolaga yetkazilgan jarohatning darajasini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv davom etmoqda. Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.