Bojxonada ushlab qolingan tamaki mahsulotlari yo‘q qilindi
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan tashkil qilingan tadbirda viloyat ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, Sanitariya epidemiologik va jamoat salomatligi boshqarmasi, Majburiy ijro bo‘limi vakillari ham ishtirok etdi.
Unda joriy yilning yanvar-iyun oylarida bojxonachilar tomonidan ushlab qolingan, respublika hududiga olib kirishi rejalashtirilgan qiymati 275 million so‘mlik 8369 quti turli nomdagi tamaki mahsulotlari, 46 million so‘mlik iste’molga yaroqsiz dorilar va 20 million so‘mlik karantin ruxsatnomasiga ega bo‘lmagan o‘simlik urug‘lari belgilangan tartibda Termiz tumani “Katta qum” massivida yaroqsiz holatga keltirilib, yo‘q qilindi.
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risida”gi 200-son qaroriga muvofiq tamaki mahsulotlari majburiy tarzda yo‘q qilib tashlanishi belgilangan.
Sharhlar