Bojxonadan jangovar qurol olib kirmoqchi bo’lganlar ushlandi
“Dovut-ota” chegara bojxona posti orqali Rossiya Federatsiyasidan O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgan “kurerlik jo‘natmalari” bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, post xodimlari tomonidan xizmat iti va rentgen apparati yordamida Rossiya fuqarosi tomonidan 1 dona 4.5 mm. pnevmatik to‘pponcha, 2 dona gaz baloni, 1 dona tozalash uchun mo‘ljallangan anjom, 2 dona o‘qdon va 700 dona pnevmatik qurol uchun o‘qlar hech qanday xujjatlarsiz olib kelinayotganligi aniqlandi.
Yana bir holatda esa, Qozog‘iston Respublikasidan kirib kelgan fuqaroning qo‘l yuklarida 1 dona gaz balonli to‘pponcha, 11 dona gaz balon, 1 dona o‘qdon, 1 dona pnevmatik to‘pponcha uchun g‘ilof va 2000 dona pnevmatik to‘pponcha uchun temir sharikli o‘qlarni Rossiya Federatsiyasidan olib kelayotganligi aniqlandi.
Bundan tashqari, o‘z transport vositasida O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgan fuqaro avtotransport vositasining oldi tomonidagi o‘rindiqlar orasiga vazni salkam 3 kg. bo‘lgan ov miltig‘i o‘qining kapsyulalarini xufiyona tarzda yashirib olib o‘tishga urinish holatlari fosh etildi.
Sharhlar