Bojxonada kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari qo‘lga olindi
Toshkent shahar bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari DCHX Chegara qo‘shinlari tezkor tuzilmalari va ichki ishlar idoralari vakillari bilan hamkorlikda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining navbatdagi noqonuniy aylanuviga chek qo‘yishdi. Bu haqda Toshkent shahar Bojxona boshqarmasi matbuot xizmati yozmoqda.
“Poytaxtning Yangihayot tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida avvaldan kuzatuvga olingan shaxs to‘tatilib ko‘zdan kechirilganida, uning hamyonida 1 ta konvalyutada jami 14 dona “Regapen 300 mg” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi borligi aniqlandi”, – deyiladi xabarda.
Tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu shaxs istiqomat qilayotgan xonadon ham xolislar ishtirokida va belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida, bu yerda ham 310 dona “Regapen 300 mg” va 13 dona “Zardeks” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olib qo‘yildi.
Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Sharhlar