Bokschi Ruslan Abdullaev Olimpiya o’yinlarining keyingi bosqichiga yo’l oldi, dzyudochi Shukurjon Aminova esa mag’lubiyatga uchradi

Фото: НОК

O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Ruslan Abdullaev Parijdagi Olimpiyada o‘yinlarining 63,5 kilogramm vazn toifasidagi bahslarini muvaffaqiyatli boshladi.

Birinchi davrada u meksikalik Migel Ramires bilan uchrashdi va g‘alaba qozondi. Bu unga chorak finalga yo‘l olish imkonini berdi. Abdullaev 1-avgust kuni yarim finalga chiqish uchun navbatdagi jangini o’tkazadi.

Avvalroq, dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Shukurjon Aminova ilk bosqichdan muvaffaqiyatli o’tganligi haqida xabar bergan edik. U ikkinchi bosqichda gruziyalik Eteri Lipartelianiga mag’lub bo’lib, Parij-2024 yozgi Olimpiyada o‘yinlaridagi ishtirokini yakunladi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.