Bokschilar Bahodir Jalolov va Hasanboy Do‘smatovga muddatidan oldin “Podpolkovnik” harbiy unvonlari topshirildi
Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev ishtirokida “Parij-2024” Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan bir guruh tizim harbiy xizmatchi va xodimlari hamda ularning murabbiylarini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari kapitan Baxodir Jalolov va kapitan Hasanboy Do‘smatovlarga muddatidan oldin “Podpolkovnik” harbiy unvonlari topshirildi, deb yozmoqda Milliy gvardiya matbuot xizmati.
Marosimda, Milliy gvardiya qo‘mondonligi, sohaga oid mutasaddi rahbarlar, Qo‘l jangi va Kamondan otish federatsiyalari rahbarlari, Chavandozlar maxorat maktabi direktorlari, sportchilar, ularning ota-onalari, murabbiylar, shuningdek 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ishtirok etishdi.
Mazkur tantanali tadbirni Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev kirish so‘z bilan ochib, unda sport xalqlarni birlashtiruvchi, do‘stlikni mustahkamlovchi, har qanday mamlakatni dunyoga tez tanituvchi sohalardan biri ekanligini va sportda erishilgan yutuqlar Davlatda bo‘layotgan ulkan islohotlarning ko‘zgusi hisoblanishiga alohida urg‘u berdi.
Xususan, mamlakat Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyevning dunyo hamjamiyatida “Yangi O‘zbekistonni mavqeini mustahkamlash borasida olib borayotgan oqilona siyosatlarining asosiy yo‘nalishlaridan biri ham sportni rivojlantirish, aholini sport bilan shug‘ullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilganligi” ta’kidlandi.
Sharhlar