Bo’kadagi bog‘chada qizaloq krovatning yuqori qavatidan yiqilib tushdi

Foto: AGMK.uz

Bolalar ombudsmaniga joriy yilning 30-may kuni Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida yashovchi N.U. (ayol kishi) dan murojaat kelib tushdi.

Murojaatida ayol voyaga yetmagan qizi A.Sh. joriy yilning 18-aprel kuni Bo‘ka tumanida joylashgan 5-bog‘chada krovatning yuqori qavatidan yiqilib tushganligi, hozirda davolanishiga qaramasdan ahvoli yaxshi emasligi, holat yuzasidan tegishli tashkilotlarga yo‘llagan murojaati e’tiborsiz qolayotganligidan norozi bo‘lib, qizi A.Sh. ning buzilgan huquqlari tiklanishida amaliy yordam so‘ragan.

Bolalar ombudsmanining Maktabgacha ta’lim agentligiga so‘rovi asosida mazkur holat Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan atroflicha o‘rganildi.

Ishchi guruh o‘rganish davomida aniqlashicha, voyaga yetmagan A.Sh. haqiqatdan ham maktabgacha ta’lim muassasasida krovatning yuqori qavatidan yiqilib tushganligi, bundan so‘ng Bo‘ka tumani markaziy shifoxonasida 3 kun davolangan, shuningdek maktabgacha ta’lim muassasasi ma’muriyati tomonidan bolaning ahvolidan xabar olib turilgan va davolash xarajatlari qoplab berilgan.

Onaning tasdiqlashicha, hozirda qizi A.Sh. ning ahvoli ijobiy bo‘lib, sog‘lig‘i uchun hech bir xavf mavjud emas.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.