Bolalar ombudsmani Toshkentda maktab o‘quvchisini o‘qituvchi tomonidan kaltaklanish ishni nazoratga oldi

Фото: t.me/Bolalar_ombudsmani

Toshkent shahar Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganildi, deb yozmoqda matbuot xizmati.

Holat joriy yilning 16-may kuni Chilonzor tumanidagi Tabiiy va aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan S.Sirojiddinov nomidagi Respublika akademik litseyida sodir bo‘lgan bo‘lib, o‘quvchi J.M. (2007-yilda tug‘ilgan) ushbu fanga tayyorgarlik ko‘rmaganligi va o‘qituvchi M.A. (1997-yilda tug‘ilgan) bir necha bor ogohlantirsa-da, bola tartibga kelmaganligi uchun o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqib, o‘qituvchi o‘quvchining yuz qismiga qo‘li bilan qattiq urganligi aniqlangan.

Hozirda holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Bu borada qo‘shimcha axborot beriladi, – deyilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.