Bolalar ombudsmanı zo‘ravonlikka duch kelgan 8-sinf qiz bilan uchrashdi

фото: Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali

15-noyabr kuni Bolalar ombudsmanı Surayyo Rahmonova Samarqand viloyatida muqaddam o‘g‘irlab ketilgan va zo‘rlangan 8-sinf qiz va uning ota-onasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Bolalar huquqlari bo‘yicha vakilning Telegram kanali xabar berdi.

“Bola huquqlari bo‘yicha vakil dastlabki tergov jarayonida jabrlangan qizning huquqlari qay darajada ta’minlanganligini, jumladan, ushbu tergovda bolaning qonuniy vakili, o‘qituvchisi va advokatining ishtirokini o‘rganib chiqdi”, — deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, tergovchilarga bola ishtirokidagi tergov va protsessual harakatlarni o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Qizning onasi OAV vakillari va jamoatchilikdan ushbu jinoyat tafsilotlarini oshkor qilmaslikni so‘ragan.

Avvalroq Samarqand viloyatida bir guruh shaxslar 8-sinf o‘quvchisini o‘g‘irlab ketib, u yerda bir necha kun davomida kaltaklangan va jinsiy zo‘ravonlikka uchragani haqida xabar berilgan edi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.