Toshkentdagi Bo‘rijar kanalida uch kishi cho‘kib ketdi

Фото: Кун

10-aprel kuni Bo‘rijar kanalining Chilonzor tumanidan oqib o‘tuvchi qismida uch kishi cho‘kib ketdi, “Ovoza” axborot dasturida xabar berildi.

Avvaliga, besh yoshli bola kanal bo‘yida o‘ynab yurib, ehtiyotsizlik oqibatida suvga tushib ketgan. Onasi uni qutqarishga urinib, suvga sakragan, ammo oqim kuchli bo‘lgani tufayli, buni amalga oshirilmadi. Voqeaga guvoh bo‘lgan bir erkak ularga yordam berish uchun o‘zini suvga otgan, biroq u ham cho‘kib ketgan.

Ona va bolaning jasadlari topilgan. Erkak kishining tanasini qidirish ishlari olib borilmoqda, u ayol va bolaga qarindosh bo‘lmagani aytilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.