Bosh prokuratura Qibraydagi jinoyat ishi yuzasidan tergov olib bormoqda
Bosh prokuratura tomonidan Qibraydagi qotillikka suiqasd holati bilan bog‘liq jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati yozmoqda.
“O‘tkazilgan tergov va tezkor qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni sodir etishga aloqador bo‘lgan shaxslarning yana uch nafari aniqlanib, gumonlanuvchi tariqasida ushlandi”, – deyiladi xabarda.
Avvalroq, 26 oktyabr kuni Qibray tumanida fuqaro S.S. boshqaruvidagi “Range Rover” rusumli avtomashinaga qarata 2 nafar noma’lum shaxs o‘qotar quroldan bir necha marotaba o‘q uzib, qasddan odam o‘ldirishga suiiqasd qilib, noma’lum tomonga yashiringanligi haqida yozgan edik.
Ulashish:
Sharhlar